22:55 / 06.11.2021
3 426

Afg‘onistonning so‘nggi yahudiysi Isroilga qaytish uchun 10 mln dollar talab qilmoqda

Afg‘onistonning so‘nggi yahudiysi Isroilga qaytish uchun 10 mln dollar talab qilmoqda
O‘tgan oy «Tolibon» hukumatidan qochgan Afg‘onistonning so‘nggi yahudiysi Zebulon Simentov Isroilga uchishi uchun qishki palto va 10 million dollar pul berilishini talab qilmoqda.

Simentov amerikalik tadbirkor Moti Kaxananing yordami bilan qo‘riqlash xizmati xodimlari kuzatuvida mamlakatni tark etgan edi. Biroq u Isroilga bormagan, hozirda Istanbuldagi mehmonxonalarning birida ekanligi aytilmoqda.

Zebulon Simentov Isroilga qaytishidan avval to‘lashi kerak bo‘lgan qarzlari borligini aytib, 10 million dollar berilishini so‘ragan.

Istanbuldagi yahudiy jamoatining raisi Mendi Xitrik esa ular odamlarning qarzini qoplash bilan shug‘ullanmasligini, aksincha, odamlarning hayotini saqlab qolishga harakat qilishlarini aytgan.

Amerikalik tadbirkor Moti Kaxana hozirda Simentovning Isroilga qaytishi uchun maxsus reys tashkillashni taklif qilgan. Dastlab bunga rozi bo‘lgan yahudiy endi Isroilga emas, AQSHga ketishni xohlamoqda. Biroq Kaxana AQSHga viza tayyorlash uchun ikki yilgacha vaqt ketishi sababli bu jarayon tez kunlarda hal bo‘lmasligini ta’kidlagan.

«Men enaga emasman», dedi Moti javoban. «Men Istanbulda Zebulonni noma’lum muddatga moliyalash va qo‘llab-quvvatlashda davom eta olmayman va men uni Kobulga qaytarmasligimni ham aytdim», — deya qo‘shimcha qilgan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonning so‘nggi yahudiysi Isroilga qaytish uchun 10 mln dollar talab qilmoqda