07:27 / 12.11.2021
2 856

Amerikalik bola dunyoda muddatidan eng barvaqt tug‘ilgan bola deb topildi

Amerikalik bola dunyoda muddatidan eng barvaqt tug‘ilgan bola deb topildi
Foto: Getty Images
AQSHda homiladorlikning 21-haftasi 1-kunida dunyoga kelgan Kertis Mins dunyoda muddatidan eng barvaqt tug‘ilgan bola deb topildi. Uning yashab ketishi ehtimoli 1 foizgagina baholangan.

Alabama shtatida yashovchi bolakay 2020 yilda dunyoga kelgan va hozir 1 yosh 4 oylik, biroq uning rekordi Ginness rekordlar kitobiga endigina kiritildi. U tug‘ilganda bor-yo‘g‘i 420 gramm kelgan.

Kertis bir o‘zi dunyoga kelmagan – uning egizagi tug‘ilgandan keyin bor-yo‘g‘i 1 kun yashagan.

Shifokorlar bolaning yashab ketishini 1 foizga baholashgan va shu sababli keyin yuz bergan voqealarni ular “mo‘’jiza” deb atashgan.

Kertis dunyoga kelganidan 3 oy o‘tib o‘pkasi sun’iy shamollatish qurilmasidan uzilgan, aprel oyida esa shifoxonada 275 kun o‘tkazgandan keyin u yerdan chiqarilgan.

Bu davr ichida bolaning yashab ketishini ta’minlash bo‘yicha katta ish amalga oshirilgan. Bola deyarli bir yil davomida trubka orqali ovqatlantirilgan va uni mustaqil ravishda ovqatni yeyishga o‘rgatishga to‘g‘ri kelgan.

Bolaning onasi Mishel Batlerning ta’kidlashicha, farzandini uyiga olib ketish imkoniyati paydo bo‘lishi uning hayotidagi eng unutilmas lahza bo‘lgan.

Bolaga hamon kislorod ta’minoti va ovqatlanish uchun trubka talab etilmoqda, biroq shifokorlar uning umumiy holatini ijobiy baholashmoqda.

Muddatdan oldin tug‘ilish bo‘yicha avvalgi rekord Richard Xatchinsonga tegishli bo‘lib, u Kertisdan bir oy oldingina homiladorlikning 21-haftasi 2-kuni dunyoga kelgan.

Bungacha 34 yil davomida Kanadada dunyoga kelgan bolaning rekordi yangilanmay kelayotgandi. Bola homiladorlikning 21-haftasi 5-kunida dunyoga kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik bola dunyoda muddatidan eng barvaqt tug‘ilgan bola deb topildi