Mashhurlardan kimlar asrab olingan oila va yetimxonada katta bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Merilin Monro
Asl ismi Norma Jin bo‘lgan aktrisa 1926-yil 1-iyunda Los-Anjelesda dunyoga kelgan. Qiziga nisbatan mehr va muhabbatni his qilmagan ona, uni tarbiyalash uchun o‘ziga to‘q oilaga berib yuborishga qaror qilgan. Qizaloq ulg‘ayganida onasi uni qaytarib olmoqchi bo‘lgan, ammo bu vaqtga kelib ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qolgan. Shundan keyin bo‘lajak yulduz yana o‘zini tashlab ketilgandek his qila boshlagan. Shundan keyin u yetimxonaga tushib qolgan qiz, birin-ketin asrab olgan turli oilalarda yashay boshlagan. Qiyin kechgan bolaligiga qaramay, Merilin Gollivudda o‘z o‘rnini topishga muvaffaq bo‘lgan.
Stiv Jobs
Stiv Jobs 1955-yil 24-fevralda San-Fransiskoda dunyoga kelgan. Biologik ota-onasi bolakay dunyoga kelganidan bir hafta o‘tib undan voz kechgan. Uni farzandiga borini berishga tayyor amerikalik Pol va Klara asrab olgan. Maktab davridayoq elektronikaga qiziqqan Jobs, Hewlett-Packard kompaniyasi rahbarining e’tiborini jalb qilgan. Asrab olgan ota-onasi uni qo‘llab-quvvatlamagan, qiyin kechgan bolalik bo‘lajak biznesmenning fe’l-atvorida iz qoldirgan. Jobs butunlay murosasiz va xodimlariga nisbatan talabchan bo‘lgan.
Koko Shanel
Modeler va XX asrning eng mashhur dizaynerlaridan bo‘lgan Gabriyel Bonel Shanel 1883-yil 19-avgustda Fransiyada dunyoga kelgan. Onasi vafot etgan, otasi esa farzandlarining tarbiyasi haqida qayg‘urmagan. Bolaligini yetimxonada o‘tkazgan Koko, uzoq vaqt davomida hayotining bu qismini esga olishni ham istamagan. Uni asrab oladigan oila bo‘lmagan. Yetimxonani tark etgach, muvaffaqiyatli modeler bo‘lish istagida trikotaj sotiladigan do‘konga ishga kirgan. Jiddiy uslubdagi bolalar formasiga bo‘lgan nafrat uni, ayollar garderobidagi yangi liboslarni yaratishga ilhomlantirgan. Intilishlari va harakatlari bilan Koko moda olamida o‘z o‘rnini topishning uddasidan chiqqan.
Pirs Brosnan
«Jeyms Bond» yulduzi Pirs Brosnan 1953-yil 16-mayda Irlandiyada dunyoga kelgan. Otasi u tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay oilasini tark etishga, onasi esa farzandini o‘z ota-onasiga qoldirib, Londonda yangi hayot boshlashga qaror qilgan. Buvisi va bobosining vafotidan keyin Pirs tog‘asi va xolasining qo‘lida qolgan. Ular ham bolaga g‘amxo‘rlik qilishni istamay, uni diniy muassasaga topshirib yuborgan. Bir necha yil o‘tib onasi o‘g‘li borligini eslab, uni Londondagi yangi oilasiga olib kelmoqchi bo‘lgan. Ammo shunda ham ularning o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanmagan.
Jek Nikolson
O‘z davrining mashhur raqqosasi Jun Frensis Nikolson 1937-yil, 18-yoshida ona bo‘lgan. Karerasini davom ettirishni istagani sabab ham homiladorligini yashirib yurgan. Jek dunyoga kelganidan keyin uni onasining o‘g‘li sifatida ro‘yxatga olinishiga erishgan. Jek haqiqatni oradan 36 yil o‘tib, jurnalistik tekshiruv natijasida bilishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo bu vaqtga kelib onasi ham buvisi ham hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin