Foto: AP Photo
Vashington Xitoy va Rossiya bilan raqobat qilishni o‘zining asosiy muammosi, deb hisoblasa-da, AQSH Harbiy-havo kuchlari Yaqin Sharqda qolishda davom etadi. Bu haqda AQSH general-leytenanti Gregori Giyoga tayanib, Associated Press xabar berdi.
Giyo Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan olib ketilganidan keyin AQSHning Yaqin Sharqda bo‘lishi tartibga solinishi mumkinligini tan oldi, lekin unda Vashington muhim rol o‘ynamaydigan birorta ham ssenariyni ko‘rmayotganini ta’kidladi.
AQSH harbiy-havo kuchlari Qatardagi El-Udeyd havo bazasiga egalik qiladi, bazadan Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi harbiy amaliyotlar uchun foydalanilgan.
Giyoning bayonoti Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi keskinlik fonida berildi. Ko‘p yillardan beri Vashington nafaqat Eron yadro dasturi, balki Tehronning ballistik raketa dasturi, shuningdek, Eronning Yaqin Sharqdagi harakatlaridan ham xavotir bildirib keladi.
Vashington va Yevropa davlatlari bir necha bor Tehronni imkon qadar tezroq muzokaralarga qaytishga chaqirgan. AQSH aks holda Eron yadroviy muammosiga muqobil yechimlarni ko‘rib chiqishi haqida ogohlantirgan.
Tehron, o‘z navbatida, atom bo‘yicha kelishuvga qaytish bo‘yicha keyingi muzokaralar uchun eng mos modelni tanlayotganini ma’lum qildi. Oktabr oyi boshida Eron Tashqi ishlar vazirligi noyabr oyi boshiga qadar dunyo yetakchilari bilan yadroviy muzokaralarni tiklashga umid qilayotgani haqida xabar bergandi. Keyinroq Tehron noyabr oyi oxirigacha Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga rozi bo‘lgani xabar qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...