Foto: «Rossiya 1»
Vladimir Putin «Rossiya 1» telekanlining «Moskva. Kreml. Putin» dasturiga bergan intervyusida Belarus va Yevropa Ittifoqi chegarasidagi vaziyat haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi Meduza. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus va Yevropa Ittifoqi chegarasidagi migratsiya inqirozida Yevroittifoqning o‘zi aybdor.
«Birinchidan, Yevropada Iroq va Afg‘onistondan kelgan katta diasporalar mavjud, chunki yevropaliklar ularning mamlakatlarida jang qilgan. Ikkinchidan, Yevropada ishsizlik nafaqalari katta — aftidan odamlar shunga talpinadi. Migrantlar oldinlar boshqa yo‘llar orqali borardi, hozir esa Belarus orqali ketmoqda, chunki u yerga vizasiz bora olishadi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Minsk bilan gaplashishi kerak. Rossiyaning bunga aloqasi yo‘q. Rossiya aviakompaniyalari migrantlarni tashimaydi. Bu insonlarga, ayniqsa, bolalarga achinaman. Polyaklar ularga insoniy munosabatda bo‘lmayapti. Rossiya aviatsiyasi inqirozni bartaraf eta olmaydi. Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatish ham yaxshi narsa bilan yakunlanmaydi. Balki nazariy jihatdan Lukashenko tranzitni to‘xtata olar. Ammo u meni bu kabi rejalari haqida ogohlantirmadi, hatto shama ham qilmagan. Men u bilan gaplashib ko‘raman», — deydi Putin.
Avvalroq Bryussel Polsha bilan chegaradagi migratsiya inqirozi sabab Belarusga qarshi sanksiyalarni kengaytirish niyatini e’lon qilgandi. Reuters manbalarining ma’lum qilishigacha, cheklovlar 30 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sanksiyalarning kengaytirilishiga nisbatan Yamal—Yevropa gaz quvurini uzib qo‘yish bilan tahdid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Belarus va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari chegarasidagi migratsion inqiroz Aleksandr Lukashenkoning Minsk endi Yevropani muhojirlardan himoya qilmoqchi emasligini aytganidan keyin boshlandi. Shundan so‘ng, ommaviy axborot vositalarida xabar berilishicha, belaruslik chegarachilar chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan odamlarga jiddiy to‘sqinlik qilmaslik haqida yashirin ko‘rsatma olgan. Keyinroq Britaniya harbiylari Polshaga Belarus bilan chegaradagi to‘siqlarni mustahkamlashda yordam berishi ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?