Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan dekabr oyi o‘rtalarida Bryusselda uchrashib, ikki davlat chegarasida kuchaygan keskinlikni muhokama qiladi, deya ma’lum qildi Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishel.
“Yetakchilar Bryusselda uchrashib, mintaqadagi vaziyat va Janubiy Kavkazda farovonlik va barqarorlik yo‘lida keskinlikni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qilishga kelishib oldilar”, – deyiladi 19 noyabr, juma kuni e’lon qilingan bayonotda.
Mishelning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv 15 dekabr kuni Bryusseldagi “Sharqiy hamkorlik” sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbarining Aliyev va Pashinyan bilan telefon suhbatlari yakunlari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Qayd etilishicha, telefon muloqoti chog‘ida Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari Mudofaa vazirliklari darajasida hodisalarning oldini olish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa liniyasini o‘rnatishga ham kelishib oldi.
16 noyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon chegarasida yana jangovar harakatlar boshlandi, tomonlar bir-birini provokatsiyada aybladi. Shu kuni Rossiya vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. To‘qnashuvlar natijasida har ikki tomondan qurbonlar bo‘ldi.
O‘tgan yilning kuzida Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘da 44 kun jang olib borgan edi. Tomonlar 2020 yil 10 noyabrda Rossiya vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Biroq ikki o‘rtadagi mojaro hali ham to‘liq barham topgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi