Foto: RIA Novosti
Germaniyaning Lyubek aeroporti yaqinida bir guruh odamlarni qo‘llashga ma’qullanmagan vaksina bilan emlash holati aniqlandi. Huquq-tartibot idoralari noqonuniy emlashni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar berdi Welt nashri.
Ta’kidlanishicha, Lyubek aeroporti shifokor va tadbirkor Vinfrid Shtekerga tegishli bo‘lib, u koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqqan.
Lyubek shahri politsiya boshqarmasida kichik o‘lchamdagi aeroport binosi oldida 80ga yaqin odam to‘plangani ma’lum qilingan. Aeroportning ro‘yxatdan o‘tish zalida esa yana 150 ga yaqin odam bo‘lgan. Vaholanki, bu kun parvozlar amalga oshirilmagan.
Keyinroq aniqlanishicha, odamlar aeroportga noqonuniy vaksina bilan emlanish uchun kelishgan bo‘lgan. Emlash maxsus tayyorlangan xonada o‘tkazilgan.
Politsiya noqonuniy emlashni to‘xtatishidan oldin qo‘lbola vaksina bilan 50 ga yaqin odamni emlashga ulgirilgan.
Politsiya xodimlari vaksina namunalari, qo‘llangan shpritslarni o‘zlari bilan olib ketishgan va voqea joyiga to‘plangan barcha odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini yozib olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»