Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Bruzgi» transport-logistika markazida migrantlar bilan gaplashmoqda
Foto: Reuters
Belarus tez orada G‘arb davlatlariga qarshi sanksiyalar to‘plamini joriy qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenko ma’lum qildi, deb yozadi «BelTA».
«Mamlakatimizga nisbatan qo‘llanilgan cheklovchi harakatlarga javoban iqtisodiy choralar paketini tayyorladik, tez orada ularni joriy qilamiz. Ro‘yxat yetarlicha uzun bo‘ladi. Bu choralar endi assimetrik ham, rasmiy ham bo‘lmaydi. Bu biz duch kelayotgan bosimga javoban iqtisodiy choralar bo‘ladi», — dedi Belarus hukumati rahbari.
Shu bilan birga, Golovchenkoning aytishicha avvalroq Belarusga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar tushunarsiz. «Men ularni qobilyatsizligi uchun allaqachon haydagan bo‘lardim. Agar qandaydir kichik Borisov korxonasi AQSHning e’tiborini qozongan bo‘lsa, bu unga faqat g‘ururlanish uchun sabab bo‘lsa kerak. Bu qanday mezonlar bo‘ldi? Professionallik qayerda qoldi? Siz hatto sanksiyalarni ham to‘g‘ri qo‘llay olmaysiz», — dedi u jurnalistlarga.
2 dekabr kuni Bryussel Yevropa Ittifoqining Belarusga qarshi beshinchi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Cheklovlar migratsiya inqirozini uyushtirganlikda yoki siyosiy repressiyani qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblangan 17 nafar jismoniy shaxs va 11 ta tashkilotni o‘z ichiga olgan. Sanksiyalar ro‘yxatidagi kompaniyalar orasida, xususan, «Belarusneft», «Belshina» va «Belavia» bor. AQSH va Buyuk Britaniya ham Belarusga qarshi o‘z sanksiyalari ro‘yxatini e’lon qilgan.
Golovchenko G‘arb davlatlariga qarshi sanksiyalar qo‘llash rejasini Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. Ushbu uchrashuvda Lukashenko Belarus iqtisodiyoti «ko‘lami va tubi bo‘yicha misli ko‘rilmagan tashqi bosim ostida» ekanini aytgan.
AQSH sanksiyalari ostida qolgan shaxslar orasida, xususan, Lukashenkoning o‘g‘li Dmitriy ham bor edi. U Prezident sport klubi markaziy kengashi raisi bo‘lib ishlaydi, shuningdek, Belarus Milliy Olimpiya qo‘mitasi a’zosi.
Eslatib o‘tamiz, 8 noyabr kuni ertalab Belarus va Yevropa Ittifoqi davlatlari chegarasida vaziyat keskinlashdi. Belarus ommaviy axborot vositalari mamlakatning Polsha bilan chegarasi tomonga harakatlanayotgan muhojirlar karvoni aks etgan videolarni e’lon qildi. 11 noyabr kuni Buyuk Britaniya, AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlari Belarus hukumatini Polsha—Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozini sun’iy ravishda yaratganlikda aybladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi