20:13 / 06.12.2021
1 971

Rossiyada ham koronavirusning «omikron» shtammi qayd etildi

Rossiyada ham koronavirusning «omikron» shtammi qayd etildi
Foto: TASS
Janubiy Afrika Respublikasidan qaytib kelgan ikki nafar Rossiya fuqarosida koronavirusning «omikron» shtammi aniqlandi. Bu haqda Rospotrebnadzor xabar bermoqda.

«Janubiy Afrika Respublikasidan kelganlarda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi, avvalroq ularning PZR-testlari ijobiy natija bergandi. JARdan kelgan barcha bemorlar karantinga olingan. Umuman olganda, o‘n nafar yo‘lovchida koronavirus qayd etilgan. Hozirda mutaxassislar virus shtammlarini aniqlamoqda. JAR va unga qo‘shni davlatlardan Rossiyaga qaytgan barcha fuqarolar chegaradan o‘tayotganda tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va maxsus karantin zonalariga joylashtirilmoqda», — deyiladi departament xabarida.

Ma’lumot uchun, koronavirusning yangi shtammi 20 noyabrda Botsvana va JARda aniqlangan. Olimlar ushbu shtamm yuqori darajada yuquvchan va vaksinalarga bardoshli ekanini aytmoqda. JSST ushbu shtammni «xavotirli» deb topgan va uni grek alifbosining 15-harfi – «omikron» bilan belgilagan. Ayni vaqtda yangi shtamm dunyoning 40 taga yaqin davlatida qayd qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada ham koronavirusning «omikron» shtammi qayd etildi