
Foto: centralasia
Rossiyaning Ryazan oblastidagi Dedyuxino qishlog‘ida o‘zbekistonlik ikki o‘g‘il bola muzlagan ko‘l ostiga tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda «KP–Ryazan» nashri bolalarning otasiga tayanib xabar berdi.
Erkakning aytishicha, bolalar hech qachon ruxsatsiz biror joyga ketishmagan. Ular odatda televizor ko‘rishgan va uy oldida o‘ynab yurishgan.
Fojia 3 dekabr kuni yuz bergan. 4 va 7 yoshli o‘g‘il bolalar Dedyuxino qishlog‘idagi ko‘lning hali to‘liq muzlamagan yuzasiga chiqishgan va uning ostiga tushib ketishgan.
Mahalliy aholi vakillari bolalarni suvdan olib chiqqanida, ular tirik bo‘lgan. Biroq, ularning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar