Foto: Global Look Press
Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti bionanotexnologiya, mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi boshlig‘i Sergey Netesov koronavirusning “omikron” shtammini avvalgi shtammlardan tafovutlovchi “noodatiy” simptomlarini ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, yangi shtamm bir qator “qizik” simptomlarga ega. Bunday simptomlar orasida tez-tez aksirish, tomoqda achishish va burun oqishi bor. Olimning ta’kidlashicha, bu alomatlar virusning Uhanda qayd qilingan variantiga xos bo‘lmagan.
Mutaxassis “omikron”ning aksariyat simptomlari boshqa shtammlarnikiga nisbatan “yumshoqroq” ekanini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, Netesov yangi shtamm haqidagi ma’lumotlar afrikalik shifokor kuzatuvlaridan olingani va boshqa davlatlar beradigan ma’lumotlarni kutish kerakligini ta’kidlab o‘tgan.
“Ushbu shtamm “delta” shtammini siqib chiqarishi mumkin”, deb taxmin qilgan virusolog va “omikron” bilan kasallanganlarning barchasi koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar