Foto: Kyodo
Yaponiyaning Kioto prefekturasi universiteti olimlari sirtida koronavirus izlari borligini ko‘rsatuvchi antiqa himoya niqobini ishlab chiqishdi. Agar niqobga koronavirus tushgan bo‘lsa, u ultrabinafsha nur ostida yorug‘lashadi.
Kyodo nashrining xabar berishicha, olimlar bunga niqobni maxsus yorug‘lik tarqatuvchi bo‘yoq bilan ishlov berish hisobiga erishishgan.
Bo‘yoq tarkibida tuyaqush tuxumidan olingan antinachalar bor bo‘lib, ular koronavirusga ta’sir ko‘rsatadi. 2020 yil fevralida olimlar koronavirusning passiv va xavfsiz shaklini urg‘ochi tuyaqushlarga kiritishgan va ular qo‘ygan tuxumlardan ko‘p miqdorda antitanachalar olishgan.
“Biz tuyaqush tuxumlaridan arzon narxda ko‘p miqdorda antitanachalar olishimiz mumkin. Kelgusida men buni har kim foydalana oladigan testlar to‘plamiga aylantirmoqchiman”, deb aytgan olimlar guruhi rahbari Yasuxiro Sukamoto.
Niqobning sinovlarida koronavirusga chalingan 32 bemor ishtirok etgan. Ular taqqan niqoblarning barchasi ultrabinafsha nur ostida nurlangan. Bemorlarda virus yuklamasi kamayganda, niqoblar yorug‘lanmay qo‘ygan. Sukamoto jamoasi 150 bemorni jalb qilib, sinovlarni yanada kengroq o‘tkazishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi