Foto: Global Look Press
Rossiya NATOdan 2008 yilda Buxarestdagi sammitda Ukraina va Gruziyani alyansga qabul qilish to‘g‘risida bergan va’dasini qaytib olishini talab qiladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilmoqda.
“Yevropa xavfsizligi manfaatlari uchun NATOning 2008 yildagi Buxarest sammitida qabul qilingan “Ukraina va Gruziya NATO a’zosi bo‘lishi” to‘g‘risidagi qarordan YEXHTga a’zo davlatlar rahbarlarining “o‘z xavfsizligini boshqalar xavfsizligi evaziga mustahkamlamaslik” to‘g‘risidagi majburiyatga zid kelishi o‘laroq voz kechilishi zarur”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Rossiya TIV Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Yevropada keng ko‘lamli harbiy nizo keltirib chiqarishi mumkinligini bildirgan.
“Bunday mas’uliyatsiz harakat bizning xavfsizligimizga tahdid soladi, barcha manfaatdor tomonlar uchun Yevropada keng ko‘lamli nizogacha olib keladigan jiddiy harbiy xatar uyg‘otadi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO infratuzilmasi Rossiya chegaralariga yaqinlashayotgani va Ukraina hududiga zarba beruvchi komplekslar joylashtirilayotganini “qizil chiziq” deb atagandi.
AQSH prezidenti Jo Bayden esa “Men hech qanday qizil chiziqni tan olmayman”, deb javob qaytardi.
Ukraina va NATO masalasi Rossiya va AQSH yetakchilarining videomuloqotida ham muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...