Meksika va AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Meksika va AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona shtatida 4 nafar o‘zbekistonlik Meksikadan noqonuniy ravishda chegarani kesib o‘tayotgan vaqtda Amerika xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi.

“Voyenniy obozrevatel” Telegram-kanalida yozilishicha, hibsga olinganlar Turkiya orqali Meksikaga borishgan va ushbu davlatdan AQSHning Nyu-York va Filadelfiya shaharlariga yetib olish maqsadida bo‘lgan.

Chegaralarni noqonuniy kesib o‘tayotganlarga nisbatan qanday chora ko‘rilgani ma’lum qilinmagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar