07:00 / 13.12.2021
1 978

Yamandagi harbiy operatsiyalarda 190 nafar xusiy jangarilari halok bo‘ldi

Yamandagi harbiy operatsiyalarda 190 nafar xusiy jangarilari halok bo‘ldi
Foto: Al Arabiya
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning havo hujumlari natijasida so‘nggi 24 soat ichida Yamanda 190 nafar xusiy jangarilari halok bo‘ldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligiga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Xalqaro koalitsiya kuchlari xusiylarga qarshi 36 ta operatsiya o‘tkazgan. 20 ta harbiy mashina va uchuvchisiz uchar apparatlarni boshqarish tizimi yo‘q qilingan.

Koalitsiya Saudiya Arabistoni shaharlaridagi, asosan, chegara hududlaridagi xusiylarning harbiy nuqtalariga muntazam zarbalar yo‘llaydi. Bundan maqsad — isyonchilarning dron yordamida hujum uyushtirishiga va raketa uchirishiga yo‘l qo‘ymaslik, deyiladi xabarda.

Koalitsiya o‘z harakatlarini prezident Abd-Rabbu Mansur Hodiy rahbarlik qiluvchi quvg‘indagi Yaman hukumatining xalqaro miqyosda tan olingan ittifoqchisi sifatida olib boradi.

Avvalroq AQSH Senati Saudiya Arabistoniga raketa sotishni ma’qullagan edi. Kelishuv loyihasida AQSH uskunalarining tinch aholini o‘ldirishda foydalanilmasligi kafolatlanmay turib Saudiya Arabistoniga harbiy jo‘natmalarni taqiqlash taklif qilingan.

Aprel oyida xusiylar dron yordamida Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbida joylashgan Abha shahridagi xalqaro aeroportga hujum qilgandi.

2020 yilning noyabr oyida isyonchilar Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Saudi Aramco neft kompaniyasining taqsimlash stansiyasi raketa bilan o‘qqa tutgan edi. Saudiya Arabistonida faoliyat olib boruvchi chet el kompaniyalari ehtiyot bo‘lishi kerak, chunki bunday operatsiyalar hali davom etadi, degan edi xusiylar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yamandagi harbiy operatsiyalarda 190 nafar xusiy jangarilari halok bo‘ldi