Sobiq Immigratsiya va integratsiya vaziri Inger Stoyberg.
Daniya oliy sudi mamlakatning sobiq Immigratsiya va integratsiya vaziri Inger Stoybergni vakolatini suistemol qilishda aybdor deb topib, unga ikki oylik qamoq jazosini tayinladi, yozmoqda «Korresponlent».
Stoyberg 2015–2019 yillarda Immigratsiya va integratsiya vaziri bo‘lib ishlagan. 2016 yilda Daniyadan boshpana so‘rab murojaat qilgan 23 oila, vazirning ko‘rsatmasi bilan, ajratib qo‘yilgan. Aytilishicha, ushbu oilalarda xotinlar voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Stoyberg 2016 yil fevralida imzolagan tegishli qarorni sud noqonuniy deb topdi.
«To‘g‘risi, men juda, juda ham hayratdaman», — dedi Stoyberg o‘ziga chiqarilgan sud hukmini izohlarkan.
Hukmi muhokama qilinmaydigan Oliy sud Stoyberg ishini shu yil kuz fasli boshlaridan beri ko‘rib chiqayotgandi. Avvaliga prokurorlar ayblanuvchiga to‘rt oylik qamoq jazosi berilishini talab qilishayotgandi. Sobiq vazirning advokatlari esa voyaga yetmaganlarni majburiy nikohlashga qarshi kurashishning yagona chorasi, deya Stoybergning qarorini himoya qilishga urinib ko‘rishdi.
Sobiq vazir qamoqqa jo‘natiladimi — hozircha noma’lum. Daniyada yarim yilgacha qamoq jazolari, ayrim talablarga rioya etilsa, «elektron kishan»larga almashtirilishi mumkin. Stoybergning himoyachilari ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoniyatlari haqida hozircha og‘iz ochishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi