Foto: «TASS»
Moskvada bir sutkada bir oylik yog‘ingarchilik me’yorining 20 foizi yog‘di. Rossiya poytaxtida yog‘gan kuchli qor 32 yillik rekordni yangiladi, deb yozadi «Kommersant’» mamlakatdagi «Fobos» ob-havo markazining yetakchi xodimi Yevgeniy Tishkovetsga tayanib. Shaharda 30 dan ortiq aviareys kechiktirilgan yoki bekor qilingan.
Tishkovetsning aytishicha, VDNX (Moskva shahridagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi kompleksi)dagi bazaviy meteorologiya stansiyasida 9 mm, Balchugda 11 mm, Tushinoda esa 10 mm yog‘ingarchilik qayd etilgan. «1989 yildan beri VDNX meteorologiya stansiyasida bu kuni bunday kuchli qor yog‘ishi kuzatilmagan edi, o‘sha yili meteorologlar 9,9 mm qayd etgan», — deb yozgan sinoptik Instagram’da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eng ko‘p qor yog‘ishi Yangi Moskva (Mixaylovskoye) va Podmoskvedagi Dolgoprudniyda kuzatilgan — 12 mm. Yevgeniy Tishkovetsning ta’kidlashicha, dekabr oyi uchun yog‘ingarchilik meyori 56 mm.
Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva aeroportlarida 36 ta reys kechiktirilgan yoki bekor qilingan. Sheremetevoda 16 ta reys bekor qilingan, beshtasi kechiktirilgan. Domodedovoga 11 reys, Vnukovoga 4 ta reys kechiktirilgan.
Rossiya gidrometeorologiya markazi Moskva va Podmoskveda ob-havoning sariq darajadagi xavfidan ogohlantirish muddatini uzaytirdi. Tuman tushish xavfidan ogohlantirish 14 dekabr soat 11:00 gacha, muzlash xavfidan ogohlantirish esa 16 dekabrgacha amal qiladi.
Noyabr oxirida Xitoy shimoli-sharqidagi provinsiyalarga kuchli qor bo‘roni yopirilgandi. Ba’zi shaharlarda maktab va bog‘chalar vaqtincha yopilgan. Undan avval esa Xitoy poytaxti Pekinda havo harorati keskin sovib ketgani, shaharda odatdagi vaqtdan deyarli bir oy oldin qor yog‘gani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi