Foto: Reuters
Jami 14 kishi, jumladan, 11 nafar milliarder Giving Pledge tashabbusiga qo‘shildi – ular qariyb 50 milliard dollarni xayriya ishlariga ajratishga va’da berdi. Bu haqda mazkur loyiha matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Loyihaga qo‘shilganlar orasida dizayn uchun mo‘ljallangan Canva servisi asoschisi Melani Perkins va Kliff Obrext, Pinterest hammuassisi Ben Zilberman, DoorDash taom yetkazib berish xizmati rahbari Toni Syuy va milliarder Jared Ayzekman bor.
Ma’lumot berilishicha, tashabbusga dunyoning 28 mamlakatidan 231 nafar qatnashchi qo‘shilgan.
“Men doimo qo‘lingizdan kimgadir yordam berish kelsa, buni albatta qilishingiz kerak deb hisoblab kelganman”, — dedi loyiha tashabbuskori Bill Geyts.
Giving Pledge loyihasining tashabbuskori milliarder Bill Geyts bo‘lib, uning g‘oyasiga ko‘ra, dunyoning eng badavlat insonlari boyligining kamida yarmini hayotligida yoki vasiyat orqali xayriya qilishi lozim. Ushbu tashabbusga Mark Sukerberg va Ilon Mask ham qo‘shilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi