08:44 / 23.12.2021
1 131

Koronavirusning «Omikron» shtammi «Delta» variantidan uch barobar tez tarqaladi

Koronavirusning «Omikron» shtammi «Delta» variantidan uch barobar tez tarqaladi
Koronavirusning yangi «Omikron» shtammi «Delta» variantidan uch barobar tezroq tarqaladi. Bu haqda Rossiyaning «Vektor» markazi direktori Rinat Maksyutov aytib o‘tdi.

«U «Delta» variantiga qaraganda deyarli uch baravar tezroq tarqalishi mumkin. Ammo bu dastlabki hisob-kitoblar», deydi mutaxassis.

Maksyutovning ta’kidlashicha, bu borada «Omikron» «Delta» bilan jiddiy raqobatlasha oladi.

Avvalroq Domodedovo markaziy shahar shifoxonasi bosh shifokori Andrey Osipov koronavirusning «Omikron» shtammi bilan kasallangan bemorlardan birining ahvoli o‘rtacha og‘ir ekanini va unga pnevmoniya tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.

Osipovning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning klinik ko‘rinishi yangi shtammi tashuvchilarning 10 foizida uchraydi. Shu bilan birga, bu holat vaksina olganlarda kuzatilmaydi.

Uning ta’kidlashicha, ayni paytda Moskva viloyati shifoxonalarida jami 30 nafardan koronavirusning «Omikron» shtammi bilan kasallangan bemor bor. Shundan uch nafarida, shu jumladan, bir nafar bolada kasallikning klinik ko‘rinishlari qayd etilgan.

Amerikaning "Akron Beacon Journal“ nashri tibbiyot mutaxassisi Klaudiya Xoyenga tayanib «Omikron» koronavirusning oldingi shtammlariga qaraganda juda yuqumli ekanligini xabar qildi. Ta’kidlanishicha, u yuqumliligi bo‘yicha qizamiq keltirib chiqaradigan virusdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning «Omikron» shtammi «Delta» variantidan uch barobar tez tarqaladi