17:18 / 24.12.2021
1 020

Rossiyada koronavirusga qarshi “MIR 19” preparati ro‘yxatdan o‘tkazildi

Rossiyada koronavirusga qarshi “MIR 19” preparati ro‘yxatdan o‘tkazildi
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Federal Tibbiyot-biologiya agentligining Immunologiya instituti tomonidan yaratilgan “MIR 19” koronavirusiga qarshi ingalyatsion preparatni ro‘yxatga oldi.

Preparat gen darajasida RNK virusi ketma-ketliklarining faolligini tanlab bostiradi. Koronavirusning barcha shtammlariga, jumladan, “omikron”ga qarshi samarali, dedi FMBA rahbari Veronika Skvorsova.

Xavfsiz va foydalanishga ruxsat berilgan
Preparatning klinik sinovlari davomida uning xavfsizligi va samaradorligi isbotlandi. "MIR 19" - ingalyatsion preparat hisoblanadi, nebulizer yordamida kiritiladi.

"MIR 19" preparati faqat shifoxonalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan, ammo uni ambulator bemorlarni davolash uchun dorixonalarda sotish uchun tadqiqot o‘tkazish rejalashtirilgan, dedi Veronika Skvorsova.

Rossiyada koronavirusga qarshi yana qanday preparatlar bor
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Tatyana Semenova Rossiyada COVID-19dan davolash uchun 14 ta dori vositalari ro‘yxatga olinganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, koronavirusga tashxis qo‘yish uchun 94ta tizim ro‘yxatga olingan.
Rossiya olimlari COVID-19ga qarshi 7ta vaksina ishlab chiqdi, ularning barchasi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusga qarshi “MIR 19” preparati ro‘yxatdan o‘tkazildi