Foto: ESO
Xalqaro astronomlar jamoasi Somon yo‘li galaktikamizda kamida 70 ta yangi yetim sayyoralarni topdi. Bu haqda Yevropa janubiy observatoriyasi (ESO) saytida xabar berilgan.
Astronomlar yulduzlar gavjum maydondagi Aqrab va Ilon eltuvchi yulduz turkumlarida joylashgan kamida 70 ta yetim sayyorani topdi. Ularning massasini Yupiter massasiga qiyoslash mumkin. Olimlarning aniqlashicha, sayyoralar Yerdan 420 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, ularning soni hozirgacha topilgan eng katta raqamdir.
Yetim sayyoralarni topish uchun jamoa yerdagi va koinotdagi bir nechta teleskoplarning 20 yillik ma’lumotlaridan foydalangan.
«Biz osmonning katta maydonida o‘n millionlab manbalarning mitti harakatlari, ranglari va yorug‘ligini o‘lchab chiqdik. Mazkur o‘lchovlar bizga ushbu mintaqadagi eng zaif jismlar — yetim sayyoralarni ishonchli aniqlash imkonini berdi», — deb tushuntirdi Fransiyaning Bordo astrofizika laboratoriyasida va Avstriyaning Vena universitetida ishlaydigan astronom Nuria Miret-Roig.
Foto: ESO
Yangi kashf etilgan yetim sayyoralarni o‘rganish orqali astronomlar bu sirli ob’ektlar qanday paydo bo‘lganiga oid yechimlarni topishi mumkin. Ayrim olimlarning taxminicha, ular yulduzni shakllantirish uchun juda kichiklik qilgan gaz bulutining portlashi natijasida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin yoki ehtimol, o‘zlarining ota-ona tizimidan ajralib qolgan. Biroq bularning qay biri haqiqatga yaqin ekani noma’lumligicha qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi