11:50 / 27.12.2021
1 100

Olimlar koronavirus oylab inson organlarida tarqalishi mumkinligini aniqladi

Olimlar koronavirus oylab inson organlarida tarqalishi mumkinligini aniqladi
Foto: Global Look Press
Koronavirus butun inson organizmi bo‘ylab tarqalishi va unda bir necha oy saqlanib qolishi mumkin. Bu haqda AQSH Milliy sog‘liqni saqlash instituti olimlarining Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqoti natijalarida so‘z boradi, deb xabar beradi «RBK».

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, COVID-19 ning og‘ir shaklidan davolangan ayrim bemorlar «uzoq davom etayotgan koviddan» aziyat chekmoqda: virus yurak qon-tomir, nafas olish va nerv tizimlariga ta’sir ko‘rastishni davom etadi. Koronavirus nafas olish apparatidan tashqariga qanchalik keng tarqalganini va u qancha vaqt davomida organizmni tark etishini aniqlash maqsadida olimlar infeksiyaga chalingan 44 kishining tanasini o‘rganib chiqqan.

Ma’lum bo‘lishicha, virus inson tanasi bo‘ylab COVID-19 belgisiz yoki yengil shaklda kechayotgani ham keng tarqaladi. Kasallikning dastlabki bosqichlaridayoq virus nafas olish tizimidan tashqaridagi to‘qimalarda ko‘payishni boshlaydi.

«Bundan tashqari, biz SARS-CoV-2 RNKsini birlamchi alomatlar paydo bo‘lganidan 230 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘plab anatomik nuqtalardan, jumladan, miya sohasidan topdik», — deyiladi tadqiqotda. Olimlarning ta’kidlashicha, o‘pkadan tashqarida yallig‘lanish deyarli kuzatilmagan.

Avvalroq Kembrij universiteti olimlari boshqa himoya choralarisiz atigi ikki metrlik ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda COVID-19 infeksiyasidan himoyalanish samaradorligini tahlil qilgandi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, agar odam masofa saqlasa-yu, ammo niqob taqmasa, baribir koronavirusdan himoyalanmaydi. Olimlar yo‘talayotgan odamning og‘zidan uchib chiqadigan tomchilar uning atrofida qanday tarqalishini o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, agar odam niqob taqmagan bo‘lsa, bu tomchilar, ayniqsa ular juda mayda bo‘lsa, ikki metrdan uzoqroqqa uchib ketishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirus oylab inson organlarida tarqalishi mumkinligini aniqladi