Qadimgi Misr fir’avni Amenxotep I ning mumiyalangan jasadi necha ming yillar davomida birinchi marta kompyuter tomografiyasi yordamida o‘rganildi. Skanerlash natijasida olimlar u haqida ko‘p narsalarni bilib olishdi.
Miloddan avvalgi 1525-1504 yillarda hukmronlik qilgan Amenxotep I ning mumiyasi Dayr al-Bahri shahrida 140 yil muqaddam topilgan. O‘shanda arxeologlar niqobga va jasad o‘ralgan kafanga zarar bermaslik uchun mumiyani ochishmagan edi.
Biroq zamonaviy texnologiyalar jasadga zarar yetkazmagan holda mumiyani o‘rganish imkonini berdi va olimlar Amenxotep I ni kompyuter tomografiyasidan o‘tkazishdi.
Qohira universiteti professori Sahar Salimning aytishicha, Amenxotep I 35 yoshida vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, fir’avnning bo‘yi ham aniqlandi – 169 santimetr. Amenxotep I xatna qilingan ekan, tishlari sog‘lom bo‘lgan. Olimlar uning kiyimida o‘ttizta tumor va tilla kamar borligini ham aniqlashdi.
Doktor Salim fir’avnning tanasida uning o‘limi sababini aniqlashga imkon beradigan biror yara yoki kasallik izini topishmaganini ma’lum qildi.
Qadimda fir’avnlarni mumiyalashda jasaddan bosh miya olib tashlangan, biroq Amenxotep I da bundan qilinmagan. Bundan tashqari, u qo‘llarini kesishgan holda dafn etilgan birinchi fir’avn bo‘lgan.
Olimlarning xulosasiga ko‘ra, Amenxotep I ning mumiyasi uning o‘limidan to‘rt yuz yil keyin kohinlar tomonidan “ta’mirlangan”. Skanerlash jasad ko‘plab jarohatlar olganini ham ko‘rsatdi, buning sababi qabr o‘g‘rilari bo‘lishi mumkin.
Mumiyani tiklashda kohinlar uzilib ketgan boshni qatronga botirilgan zig‘ir ip bilan tanaga ulab qo‘yishgan, shuningdek, chap qo‘lni ham ulashgan.
Doktor Salimning fikricha, skanerlash paytida jasaddan topilgan zargarlik buyumlari va tumorlar kohinlar ularni keyingi fir’avnlar foydalanishi uchun olib qo‘yishi mumkinligi haqidagi nazariyalarni rad etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...