KXDR yetakchisi Kim Chen In Mehnat partiyasi plenumidagi chiqishi chog‘ida mamlakat 2022 yilda «buyuk o‘lim jangida» g‘alaba qozonishi zarurligini e’lon qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.
27-31 dekabr kunlari VIII chaqiriq KXDR Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasining VI plenumi bo‘lib o‘tdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, unda Shimoliy Koreyaning 2022 yilgi budjeti, 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va yangi yilga mo‘ljallangan rejalar, agrar masalalar, partiya nizomidagi o‘zgarishlar va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Plenum yakunlari bo‘yicha qaror e’lon qilindi va u bir ovozdan ma’qullandi.
«Bosh kotib 2022 yil ulkan halokatli kurash bo‘lib, uni qat’iyat bilan boshlash va sotsializmning har tomonlama rivojlanishi uchun, Buyuk Shimoliy Koreya xalqi va suyukli avlodlar uchun zarracha kechiktirmasdan g‘alaba qozonish kerakligini aytdi», deyiladi agentlik xabarida.
Kim Chen In «buyuk o‘lim jangi» atamasi bilan nimani nazarda tutgani aniq emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”