18:18 / 03.01.2022
1 189

Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Foto: Tengrinews.kz.
Qozog‘istonning Mang‘istov oblastida suyultirilgan gaz narxi keskin ko‘tarilishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Tengrinews.

Xabarga ko‘ra, 2 yanvar kuni Janao‘zan shahri aholisi miting o‘tkazgan. Avtomobilchilar bir litr gaz narxi 120 tengega ko‘tarilganidan norozilik bildirgan va hukumatdan narxni ikki baravarga kamaytirishni talab qilgan.

3 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublika hukumatiga «Janao‘zandagi vaziyatni zudlik bilan ko‘rib chiqish» bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, vazirlar mahkamasi Mang‘istov oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzilganini e’lon qildi va gaz narxini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini bildirdi.

Mang‘istov oblastidagi noroziliklar fonida respublikaning yirik shaharlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani aytilmoqda. «Interfaks»ning yozishicha, xususan, Olmaotada markaziy maydon politsiya tomonidan o‘rab olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi