16:00 / 07.01.2022
1 365

Qozog‘istonda gaz sotuvchi 6 ta kompaniya narxni oshirish uchun til biriktirganlikda gumonlanmoqda

Qozog‘istonda gaz sotuvchi 6 ta kompaniya narxni oshirish uchun til biriktirganlikda gumonlanmoqda
Foto: Shutterstock
Qozog‘istonda suyultirilgan gazni sotuvchi oltita shirkat narx bo‘yicha til biriktirganlikda gumonlanib, ularga nisbatan tergov boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi vakiliga tayanib, «TASS» xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanganlar orasida «Kazmunaygaz», «Aktbo‘bemunaygaz», «Kazgermunaygaz» va «Kazaxoyl» kompaniyalari mavjud. Yana ikkita kompaniya nomi oshkor etilmagan.

«Ularning harakatlarida narx bo‘yicha kelishib olganlik va bozordagi hukmron mavqeini suiiste’mol qilish holatlari aniqlangan», — deydi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi vakili.

Uning ta’kidlashicha, tergov davomida narxlarning oshishi 2021 yil davomida sodir bo‘lgan. Avvaliga bir tonna gaz narxi 67 ming (1,66 million so‘m) tengega yaqin bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 100 ming (2,48 million so‘m) tengega chiqib ketgan. Tergovning dastlabki natijalari 20 kun davomida shakllantiriladi va u prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshiriladi.

Qozog‘istonda 2 yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylandi.

Olmaotada namoyishchilar xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashdi. 5 yanvar kuni tartibsizliklar ishtirokchilari shahar hokimligi binosiga bostirib kirgan, keyinroq u yerda va bosh prokuratura binosida yong‘in boshlangan. So‘ng ular politsiya boshqarmalari va Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga hujum qilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar chog‘ida huquq-tartibot idoralarining o‘ndan ortiq xodimi halok bo‘lgan. Qozog‘istonda jami mingdan ortiq odam jarohatlangan, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligining xabarida.

Shu fonda To‘qayev butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda gaz sotuvchi 6 ta kompaniya narxni oshirish uchun til biriktirganlikda gumonlanmoqda