© Valeriy Sharifulin/TASS
Qozog‘istondagi holat nafaqat qo‘shni davlatlarni, balki dunyo afkor ommasining diqqatini tortdi. Markaziy Osiyodagi yetakchi iqtisodiyot bo‘lgan mamlakatdagi namoyishlar ortidan kelib chiqqan tartibsizliklar haqida qozog‘istonlik jurnalist Madina Imanaliyeva o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Poytaxtdagi holat
Astanada (Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahri hanuz ko‘pchilik tomonidan eski nomi bilan ataladi – tahr.) hammasi tinch. Namoyishlar poytaxtda kuzatilmadi. Lekin odamlarda tabiiy hadik va xavotir bo‘ldi. Nazorat kuchaytirildi.
Transport, tashkilotlar faoliyati
Transport bir maromda qatnab turibdi. Lekin odam gavjum emas. Banklar ishlayapti, ammo aloqa yo‘qligi uchun kartalardan to‘lovlar qabul qilinmayapti. Bankomatlarda katta navbatlar bor, lekin birdaniga 10 ming tengedan ortiq naqd pul berilmayapti. «Kaspiybank» bankomatlari o‘chirilgan.
Do‘konlar
Tadbirkorlarning aksariyati do‘konlardagi mahsulotlarni zudlik bilan yig‘ishtirib ketishyapti. Aholi zarur narsalarni ko‘p miqdorda xarid qilayotgan oziq-ovqat do‘konlarida alkogol peshtaxtalari bo‘shatib qo‘yilgan, spirtli ichimliklar olib tashlangan.
Aloqa
Aloqa ma’lum muddat butkul uzildi. Uch kun o‘tib endi tiklandi. Lekin qator saytlar, jumladan, Telegram ilovasiga ham faqat VPN orqali kirishga to‘g‘ri kelyapti. Bugungi kunga kelib hammasi iziga tusha boshladi.
Olmaotada vaziyat murakkab
Olmaotada hammasi juda jiddiy kechdi. Odamlar uch kun uydan chiqishmadi. Butun dunyodagi, xususan O‘zbekistondagi do‘stlarimiz xavotirlanib yozishmoqda. Biz ham tinchlik istaymiz, tezroq hammasi iziga tushib ketadi, deb umid qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar