Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev bugun parlament yig‘ilishida aholiga yordam berish uchun jamoat jamg‘armasi tashkil etish, shuningdek, mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev davrida boyib ketgan tadbirkorlarni ushbu jamg‘armaga muntazam ravishda badal to‘lash majburiyatini yuklashni taklif qildi. Bu haqda Tenrinews xabar bermoqda.
“Bugun men jamoat jamg‘armasini tuzishni topshiryapman. U sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi real muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi”, – dedi Toqayev.
Jamg‘arma “Qozog‘iston xalqiga” deb nomlanadi. Qozog‘iston prezidenti mazkur jamg‘armaga yirik biznes vakillarining muntazam yordam berishini kutishini aytdi.
“Birinchi prezident – Elboshi tufayli mamlakatda juda daromadli kompaniyalar guruhi va hatto xalqaro standartlar bo‘yicha ham boy odamlar qatlami paydo bo‘ldi. Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, unga tizimli va muntazam yordam berish vaqti keldi, deb hisoblayman. Shuning uchun hukumat kompaniyalar doirasini aniqlashi va ular bilan jamg‘armaga yillik badallar miqdorini kelishib olishi kerak”, – Qozog‘iston rahbari.
Boshqa ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga to‘xtalar ekan, Toqayev respublikadagi ijtimoiy tengsizlik muammosi keskinlashganini ta’kidladi. U hukumatga ikki oy muddatda aholi daromadlarini oshirish dasturini qabul qilishni topshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi