Foto: Rossiya FXX
Rossiya FXX pul undirish uchun virus jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi REvil xakerlar guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi.
Xabar qilinishicha, guruhga qarshi operatsiya AQSH hukumatining so‘rovi bilan amalga oshirilgan. Guruh a’zolari xorij kompaniyalarining axborot resurslariga virus jo‘natish orqali ma’lumotlarni shifrlash hamda shifrni yechish uchun pul talab qilish bilan shug‘ullangan.
Xakerlarni qo‘lga olish operatsiyasi 25ta manzilda o‘tkazilgan va 14 nafar guruh a’zosiga tegishli 426 million rubl, 600 ming dollar, 500 ming yevro, kompyuter texnikasi, kriptohamyonlar va premium toifadagi 20ta avtomobil musodara qilingan.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan “to‘lov vositalarining noqonuniy aylanmasi” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
REvil guruhi dunyodagi eng faol kiberguruhlardan hisoblanadi. Guruh jumladan, Apple kompaniyasi va Texas hukumati saytlariga hujumlar uyushtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi