1 583
Baliqchilar Gurbanguli Berdimuhamedovni baliqsho‘rva bilan mehmon qildi va qo‘shiq kuylab berdi (video)
Foto: «Xronika Turkmenistana»
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 13 yanvar kuni Bolqon viloyatiga tashrif buyurib, neft-gaz konini ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi «Xronika Turkmenistana».
Ma’lum qilinishicha, shundan so‘ng Berdimuhamedov Kaspiy hududidagi baliqchilik zonasiga borgan va Gogerendag Esenguliy qishlog‘ida yashovchi baliqchilar bilan uchrashgan. Baliqchilar prezidentga o‘zlarining baxtli hayoti haqida so‘zlab berib, mahalliy tijorat baliqlarining turlarini, jumladan, quritilgan baliqlarni namoyish etgan.
Foto: «Xronika Turkmenistana»
Davlat rahbarini kutib olgan baliqchi 10 yildan buyon baliqchilik bilan shug‘ullanishi va buni otasidan o‘rganganini so‘zlab bergan. Shundan so‘ng ularga boshqa baliqchilar ham kelib qo‘shilib, «prezidentning tashrifidan benihoya quvonganini bildirgan».
Prezidentning dengizga chiqish chastotasi va olinadigan daromad haqida savollariga baliqchilar o‘z kasbidan mamnun ekanini aytib, oyiga 10-12 marta dengizga chiqishlarini va 40-50 kilogramm baliq tutishlarini bildirgan — bu oilani boqish va sotish uchun yetarli.
Shundan so‘ng baliqchilar davlat rahbarini baliqdan tayyorlangan taom bilan mehmon qilgan hamda Berdimuhamedovga bag‘ishlangan milliy qo‘shiqni kuylab bergan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi