17:49 / 17.01.2022
1 483

Bir askar 130 drondan iborat «to‘da»ni boshqarmoqda (video)

Bir askar 130 drondan iborat «to‘da»ni boshqarmoqda (video)
Foto: Airrecognition
Amerikaning Raytheon Intelligence & Space qurol-yarog‘ konserni bir nafar harbiy xizmatchiga 130 ta dronni boshqarish imkonini beradigan o‘zining yangi texnologiyasini namoyish etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.News. Ta’kidlanishicha, dushman ushbu qurolga qarshi tura olmaydi.

Mazkur texnologiya DARPA agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan OFFensive Swarm-Enabled Tactics (OFFSET) dasturi doirasida yaratilmoqda. Dronlar — bu kelajak quroli bo‘lgani sabab Pentagon ularda nafaqat askarlarni dushman hujumlaridan himoyalash, balki istalgan nishonni tezkor va samarali yakson etish uchun katta potensialni ko‘rmoqda.

«Dronlarning zaif jihati ularni tezda yakson qilinishi ekani hech kimga sir emas, masalan, raketalar yoki lazerli qurollar yordamida. Raytheon muhandislari ushbu muammo hal etish uchun kichik dronlarning katta ‘to‘dasini’ yaratdi. 130 ta mashinadan iborat hujumga qarshi turish qiyin», — deyiladi xabarda.

Ekspertlarning hisoblashicha, o‘nlab uchuvchisiz uchish apparatlari yakson qilinganda ham, qolganlari nishonni yo‘q qilishga qodir. Raytheon kichik o‘lchamli va juda arzon dronlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, shuning uchun ishning manfaati uchun o‘nlab mashinalarni qurbon qilish qo‘rquvi bo‘lmaydi.

Raytheon dronlarni tayyorlabgina qolmay, ularni kuzatishga mo‘ljallangan VR-interfeysni ham yaratadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, virtual yoki qo‘shimcha reallikka ega olamda bitta askar 130 dronni boshqara oladi, ammo shu bilan birga, alohida ovozli buyruq ham berish mumkin. Bularning barchasi ilmiy-fantastik filmlardagi sahnalarni yodga soluvchi ilg‘or tizim hisoblanadi.

Pentagon hozircha loyihaga oid barcha ma’lumotlarni oshkor etmagan. Ekspertlarning fikricha, tizimga bog‘liq yangi ma’lumotlar 2022 yilda paydo bo‘lishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir askar 130 drondan iborat «to‘da»ni boshqarmoqda (video)