18 yanvar kuni Nyu-Yorkning Bronks tumanidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan dahada portlash sodir bo‘ldi. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida bir ayol halok bo‘lgan yana to‘qqiz kishi jarohat olgan, deb xabar beradi Reuters.
Qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, fojiaga gaz portlashi sabab bo‘lgan va bu binoda yong‘inni keltirib chiqargan.
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lgan 77 yoshli ayoldan tashqari, uning 82 yoshli opasi ham jiddiy jarohat olgan. Hozirda u shifoxonada og‘ir ahvolda. Shuningdek, portlash oqibatida jiddiy jarohat olgan qo‘shni uydagi 68 yoshli ayol ham shifoxonaga yotqizilgan.
Bundan tashqari, jabrlanganlar orasida besh nafar politsiyachi ham bor — ular fuqarolarga yordam berish maqsadida yonayotgan bino ichiga kirgan. Huquq-tartibot idorasining xodimlari tutundan zaharlangan, hozirda ularning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Sodir bo‘lgan voqea joyiga 200 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va tez yordam xodimlari jalb etilgan. Falokat sabablari aniqlangunga qadar dahadagi gaz ta’minoti o‘chirib qo‘yilgan.
Foto: Twitter
Foto: Twitter “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi