
Koronavirusning kelajakdagi shtammlari yuqori ehtimol bilan «omikron»dan ko‘ra ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti eksperti Mariya van Kerxove ma’lum qilgan.
«Ushbu virus qanchalik ko‘p tarqalsa, uning o‘zgarishi uchun imkoniyatlar shunchalik ko‘p bo‘ladi ... «Omikron» biz muhokama qiladigan oxirgi variant bo‘lmaydi»,— deya ta’kidlagan ekspert.
Mutaxassisning aytishicha, koronavirusning kelajakdagi variantlari hozirda keng tarqalganlardan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi. Yangi shtammlar «kattaroq yoki kichikroq» kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo immunitet tizimining «qarshi hujumi» dan qocha oladi.
Avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirusning navbatdagi shtammi «omikron»dan ham battarroq bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. U global emlash kampaniyasini davom ettirish muhimligini ta’kidlagan, biroq bu jarayon hanuz kuchsiz davom etayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.