Foto: Reuters
Xitoylik olimlarning ma’lum qilishicha, Afrikada aniqlangan NeoCoV koronavirusi hujayralarga kirib borishda SARS-CoV-2 bilan o‘xshash jihatlarga ega va u odamlar uchun potensial xavf tug‘dirishi mumkin. Olimlarning maqolasi bioRxiv portalida chop etilgan.
NeoCoV Janubiy Afrikadagi ko‘rshapalaklarda topilgan va hozircha ushbu populyatsiyada tarqalmoqda. Biroq olimlarning ta’kidlashicha, u mutatsiyaga uchrashga oid yashirin potensialga ega va buning natijasida nafaqat hayvon hujayralariga, balki odamlarnikiga ham kirib bora oladi.
NeoCoV — Yaqin Sharq respirator sindromining qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan MERS-CoV koronavirusining yaqin qarindoshi. MERS-CoV epidemiyasi 2010 yillarda qayd etilgan.
«Ushbu tadqiqotda biz kutilmaganda NeoCoV va uning yaqin qarindoshi PDF-2180-CoV ko‘rshapalaklar angiotensinga aylantiruvchi ferment 2 ning ba’zi turlaridan (ACЕ2 resperator, ular orqali ayrim koronaviruslar tanaga kiradi) samarali foydalanishi mumkinligini va ACЕ2 inson organizmiga kirib borishi uchun unchalik qulay emasligini aniqladik», — deb yozadi olimlar.
COVID-19 pandemiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 koronavirusi ham organizmga kirish uchun ACЕ-2 dan foydalanadi.
Xitoylik olimlarning ta’kidlashicha, ularning tadqiqotida MERS-CoV koronavirusi «qarindoshlari»ning ACЕ2 dan birinchi marta foydalanayotgani ma’lum bo‘lgan. Bu «potensial bioxavfsizlik tahdidini» ochib beradi, deydi ular.
Olimlarning ta’kidlashicha, virusning harakatini diqqat bilan kuzatib borish kerak. Shu bilan birga, ular NeoCoV ga xos xususiyatlar hanuz yetarlicha tushunilmaganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas