16:06 / 31.01.2022
977

Olimlar COVID-19 dan «superimmunitet» olish usulini aniqladi

Olimlar COVID-19 dan «superimmunitet» olish usulini aniqladi
Foto: Getty Images
Vaksinatsiyadan keyin koronavirusning omikron shtammiga chalingan bemorlarda COVID-19 ning kelajakdagi turlariga qarshi «superimmunitet» hosil bo‘lishi mumkin. Bu kabi ma’lumotlar Oregon salomatlik va ilm-fan universiteti olimlari tomonidan e’lon qilindi, deb xabar beradi Business Insider.

Ta’kidlanishicha, «superimmunitet» faqat vaksina asosida ishlaydi, chunki kasallikdan keyingi tabiiy himoya virusdan «oddiy» himoyani ta’minlay oladi xolos.

Olimlarning aniqlashicha, delta shtamm vaqtida kasallikdan tuzalgan emlangan fuqarolar Pfizer dori vositasining ikkinchi dozasini olgandan ko‘ra samaraliroq himoyaga ega bo‘lgan.

«Nafaqat antitanalar darajasi, balki turli xil variantlarni o‘zaro neytrallash imkoniyati ham muhim», — deydi tadqiqot hammualliflaridan biri Fikadu Tafesse.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘liq emlangan fuqaroning kasallikka chalinishida organizm koronavirusning o‘zgaruvchanligi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi va «antitanalar to‘plamining qo‘shimcha murakkablik darajasini yaratadi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar COVID-19 dan «superimmunitet» olish usulini aniqladi