Foto: «Ib.ua»
Avstraliyaning Kiyevdagi elchixonasi o‘z fuqarolariga Ukrainaga bormaslik va u yerda bo‘lib turgan avstraliyaliklarga mamlakatni qisqa muddatlarda tark etishni tavsiya qildi.
«Biz avstraliyaliklarga qurolli ziddiyat xavfi yuqoriligi sabab Ukrainaga bormaslikni tavsiya qilamiz. Elchixonamiz xodimlarining oila a’zolari mamlakatni tark etgan. Ukrainada bo‘lib turgan avstraliyaliklarni tijoriy yoki boshqa shaxsiy transportda mamlakatni tark etishga chaqiramiz. Aviaparvozlar qisqa muddatlarda to‘xtatilishi mumkin», — deb yozadi Avstraliyaning Ukrainadagi elchisi Bryus Edvards o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.
Avstraliya hukumatining konsullik ma’lumotlari saytiga ko‘ra, Tashqi ishlar va savdo vazirligi Ukrainadagi Avstraliya fuqarolari uchun ro‘yxatga olish portalini ochgan bo‘lib, ular xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z manzilini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Xabarda ta’kidlanishicha, xavfsizlik shartlari tez orada o‘zgarishi mumkin.
«Konsullik xizmatlari va avstraliyaliklarga konsullik yordamini ko‘rsatish imkoniyatimiz mintaqadagi vaziyat sabab cheklanib qolishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Avvalroq The New York Times gazetasi 2022 yil boshida Rossiya Ukrainadan o‘zining diplomatik xodimlari oilalarining a’zolarini olib chiqib ketganini yozgandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevdagi elchixona va Lvovdagi konsullikdan jami 50 yaqin odam ketgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi gazetaning ushbu maqolasiga nisbatan «Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi shtat rejimida ishlayotganini» bildirgan.
Yanvar oxirlarida AQSHning Kiyevdagi elchixonasi amerikaliklarni zudlik bilan Ukrainani tark etishga chaqirgandi. Bundan tashqari, Davlat departamenti AQSH fuqarolarini Ukrainaga borishdan tiyilishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi