
Foto: Getty Images
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi olimlari koronavirusning omikron shtammini yuqtirgan odamlar terisida sezila boshlagan simptomlar haqida xabar berdi.
Olimlar omikronning kasallik belgilarini teridagi toshmalar, terining quruqlashishi va rangi o‘zgarishi bilan bog‘ladi. Mutaxassislar ushbu shtamm bilan kasallanganlar orasida qonning kislorod bilan to‘yinish darajasi pastligidan kelib chiqadigan terining rangpar, kul rang yoki ko‘kargan tusga kirishi holatlariga e’tibor qaratdi.
CDC bu «ogohlantirish» belgisi ekanini ta’kidlab, bunday holatlarda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligini qayd etgan.
Shuningdek, agentlik terida qizil issiqlik toshmalarining toshishiga e’tibor berishni tavsiya qildi. Bunday toshmalar ko‘pincha tirsaklar va tizzalarda, qo‘l va oyoqlarning orqa qismida paydo bo‘ladi.
Mutaxassislar, shuningdek, lablarning qurishi, og‘rishi, quyosh nuridan eng ko‘p ta’sirlanadigan bo‘yin terisi va ko‘krak old qismidagi terining quruqlashishiga e’tiborsiz bo‘lmaslikka chaqirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar