
Foto: Anadolu Agency
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Turkiya hududida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lganini aytdi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Rossiya va Ukraina yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etmoqchi.
"Janob Zelenskiy bilan kelishuvimiz aynan shu yo‘nalishda bo‘ldi", - dedi Erdo‘g‘an.
"Janob Putin bilan uchrashuvimizdan so‘ng bizga vositachilik roli berilsa, biz bu ishda qatnashamiz va o‘z hissamizni qo‘shishga umid qilamiz", - dedi Turkiya prezidenti.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirishicha, Moskva har qanday shakldagi muzokaralarni, jumladan, Putin va Zelenskiyning Turkiyada uchrashishini rad etmaydi, ammo hozircha bu masalada hech qanday kelishuv yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar