07:00 / 05.02.2022
1 226

Qohira kitob ko‘rgazmasida g‘ayrioddiy Qur’on namoyish etilmoqda

Qohira kitob ko‘rgazmasida g‘ayrioddiy Qur’on namoyish etilmoqda
Suriyalik rassom Qur’oni Karimning matoga tikilgan noyob nusxasini yaratdi. Xabarlarga ko‘ra, bu Qur’onning matoga tikilgan ilk to‘liq Qur’oni karimdir. Asar Misr poytaxtida o‘tkazilayotgan 53-xalqaro Qohira kitob ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda.

Muhammad Mohir Xazariy mazkur Mus'hafni tayyorlagan suriyalik xattot va rassomdir. U ishni 2000 yilda boshlagan va uni tugatish uchun 12 yil kerak bo‘lgan. Nusxada Usmon Toha xattotligi usuli qo‘llanilgan va 12 jilddan iborat bo‘lib, kitobning o‘lchami 80x60 sm va umumiy og‘irligi 200 kg ekanligini aytilgan.

Har bir jildda Qur’oni karimning 2,5 juz’i (qismi) mavjud. So‘nggi bir necha yil ichida g‘ayrioddiy Qur’on Eron, Suriya, Livan, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatardagi ko‘rgazmalarda namoyish etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qohira kitob ko‘rgazmasida g‘ayrioddiy Qur’on namoyish etilmoqda