23:33 / 05.02.2022
1 976

Marokashda 32 metr chuqurlikdagi 5 yoshli bolani besh kundan beri qutqarishga urinishmoqda (video)

Marokashda 32 metr chuqurlikdagi 5 yoshli bolani besh kundan beri qutqarishga urinishmoqda (video)
Marokashda chuqurligi 32 metrli quduqqa tushib ketgan besh yoshli bolani qutqarishga urinishlarning bugun beshinchi kuni. Yakuniy bosqich boshlandi... bola tirikmi–yo‘qmi — dargumon.

1 fevral kuni bolaning otasi o‘zlari suv ichadigan quduqni (Shefshauen viloyati) ta’mirlayotgan edi. Kattalar boshqa ishlarga ovora bir paytda besh yoshli Rayan quduq yaqinida o‘ynab, uning ichiga tushib ketadi va 32 metr chuqurlikda tiqilib qoladi.

Qutqaruvchilar va ko‘ngillilar besh kundan beri 32 metrlik quduqqa qulagan bolakayni qutqarish harakatida. Voqea butun mamlakatga ovoza bo‘ldi, bolani qutqarish uchun Rayanga yordam heshtegi ostida ijtimoiy tarmoqda xabarlar tarqatildi.

Bolaga yetib borish uchun qutqaruvchilar quduqqa parallel ravishda tunnel qazishlari kerak edi. Qutqaruvchilar bugun ular bilan bola o‘rtasida ikki metrdan kamroq masofa borligini ma’lum qilishdi.

Biroq, tuproq qulashidan qo‘rqib, operatsiya kechiktirildi va qancha davom etishi hozircha noma’lum.

Rayanning holidan xabar olish uchun quduqqa tushirilgan kamerada siz faqat uning yonbosh yotganini ko‘rishingiz mumkin. «Hozirda bolaning ahvolini aniqlashning umuman imkoni yo‘q. Lekin u tirik deb umid qilamiz», — dedi qutqaruv operatsiyasiga rahbarlik qilgan Abdulhadi Tamroniy.

Payshanba kuni olingan kamera tasvirlari bolaning tirik va hushida ekanligini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng qutqaruvchilar kislorod niqobi, oziq-ovqat va suvni quduqqa tushirishdi, biroq Rayan ulardan foydalana olganmi-yo‘qmi — noma’lum.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Marokashda 32 metr chuqurlikdagi 5 yoshli bolani besh kundan beri qutqarishga urinishmoqda (video)