23:30 / 06.02.2022
931

Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda

Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda
Foto: «Root Nation»
Google Chrome brauzerining yangi dastlabki relizida (Canary yangilanishlar kanali) ilovalar yorlig‘i o‘zgardi. Yorliq so‘nggi marotaba 2014 yilda yangilangandi.

Dunyodagi eng ommalashgan brauzerdagi o‘zgarishlarni Google dizaynchisi Elvin Xu sharhladi.

Yuzaki ko‘z yugurtirganda yangi farqlarni ajratib olish qiyin. Biroq ular kamida uchta: birinchidan, yashil, qizil va sariq elementlar chegaralaridagi yorliqqa «salobat» berib turgan soyalardan voz kechildi. Endi yorliq tep-tekis.

Ikkinchidan, yorliq markazidagi ko‘k doira kattalashtirildi: bu elementlarga mutanosiblik bag‘ishlab, yorliqda muvozanatni yaxshiladi.

Uchinchidan, ranglar yanada yorqinlashdi. Dizaynchi bu bilan Google brendi yanada zamonaviy ifodalanganiga urg‘u berdi.

Yana bir, ranglarning raqamli hisob-kitoblarisiz oddiy ko‘zda sezib bo‘lmaydigan jihat bor. Dizaynchilar yorqin qizil va yashil yonma-yon turganda «yoqimsiz rang tebranishlari» effektini hosil qilishini kuzatishdi. Bunga barham berish uchun qizil va yashil rangning turli qismlari ozroq tahrir qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda