Limak Holding direktorlar kengashi raisi Ebru O‘zdemir Dardanel bo‘g‘ozi orqali o‘tgan yangi “Chanoqqal’a 1915” osma ko‘prigi ochilishga tayyor, u dunyodagi eng uzun 2023 metrlik markaziy ko‘prikka ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda.
"Ochilish uchun tayyor ekanligimizni tegishli idoralarga ma’lum qildik. Sanani kutmoqdamiz", - deya O‘zdemirning so‘zlarini keltiradi Aksam gazetasi.
Agar COVID-19 pandemiyasi bo‘lmaganida ochilish ancha oldinroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan O‘zdemir quruvchilarning ta’minot tizimida ba’zi muammolar borligini ta’kidlagan.
"Agar bu muammolarni boshdan kechirmaganimizda, biz 3 oy oldin ochilishni amalga oshirishimiz mumkin edi. 3,1 milliard yevroga baholangan loyihaning umumiy qiymati COVID-19 ta’siri va ko‘tarilgan narxlar tufayli 300 million yevroga oshdi", - deya ta’kidlagan u.
“Anadolu” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy oraliqni ushlab turuvchi ko‘prik ustunlarining balandligi 300 metrdan oshadi. Ko‘prik uzunligi 3,7 kilometrni tashkil etadi va Malkara-Chanoqqal’a avtomobil yo‘lining 101-kilometrining muhim bo‘g‘iniga aylanadi. Ustunlarning tutashgan joylari va ko‘prik elementlari Turkiya bayrog‘i ranglari bo‘lgan qizil va oq rangga bo‘yaladi.
Dardanel bo‘g‘ozi bo‘ylab olti polosali (har bir yo‘nalishda uchtadan) osma ko‘prikning umumiy uzunligi 4608 metrga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"