08:33 / 12.02.2022
2 142

Xitoydan cho‘chimagan Afrikaning kichik davlati

Xitoydan cho‘chimagan Afrikaning kichik davlati
Somalilend suveren davlat va "ozod bo‘lib tug‘ilgan" bo‘lganligi sababli, Xitoy bu davlatga kim bilan aloqalarini rivojlantirishi mumkinligini buyura olmaydi”. Bu so‘zlarni Pekin tomonidan tazyiqqa olinayotgan Tayvanga safari chog‘ida Somalilend tashqi ishlar vazirligi aytgan.

Somalilend 1991 yilda Somalidan ajralib chiqqan, biroq uning mustaqilligi xalqaro miqyosda keng tan olinmagan. Somalida o‘ttiz yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi davom etayotgan bir paytda Somalilendda tinchlik hukm surdi.

Xitoy tomonidan o‘z hududi deb e’lon qilingan va diplomatik jihatdan yakkalanib qolgan Somalilend va Tayvan 2020 yilda bir-birining poytaxtlarida ofislarini ochgani Pekin va Mogadishoning g‘azabini keltirdi.

Strategik jihatdan Afrika shoxida joylashgan Somalilend Xitoy o‘zining birinchi xorijdagi harbiy bazasini qurgan Jibuti bilan chegaradosh.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi shu hafta Tayvan "o‘ziga foyda bermasa-da boshqa mamlakatlarning mustaqilligi va birlashuviga putur yetkazish uchun alangani yoqib, boshqalarga zarar yetkazayotganini" aytdi.

Jurnalistlarga bergan intervyusida Somalilend Tashqi ishlar vaziri Isa Qayd Xitoy bu davlatga buyruq bera olmasligini aytgan.

Qaydning qo‘shimcha qilishicha, ular suveren mamlakat sifatida ularni hurmat qiladigan va hech qanday muammosiz biznes qilishni xohlaydigan har bir kishi uchun ochiqdir.

"Biz ozod bo‘lib tug‘ilganmiz va erkin bo‘lib qolamiz. Biz o‘z biznesimizni o‘zimiz xohlagan tarzda yuritamiz. Xitoy ham, boshqa hech bir davlat ham buyruq qila olmaydi", degan u.

So‘nggi yillarda Xitoy Tayvanni deyarli diplomatik yo‘l bilan Afrikadan siqib chiqardi va faqat kichkina Esvatini orol bilan to‘laqonli munosabatlarni saqlab turibdi.

Xitoy o‘z suverenitetiga da’vo qilish uchun Tayvan bilan aloqa qilmaslik uchun davlatlarga bosimni kuchaytirmoqda.

Somalilend moliya vaziri Sa’d Ali Shirning aytishicha, uning mamlakati hozircha Tayvandan qarz olish bo‘yicha hech qanday so‘rov bilan chiqmagan.

"Tayvandan Somalilendga mablag‘lar yordam va investitsiya shaklida keldi, biz buni mamnuniyat bilan qabul qilamiz", Sa’d Ali Shir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydan cho‘chimagan Afrikaning kichik davlati