Foto: Rossiya prezidentning matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqot qildi. Suhbat bir soatdan ko‘proq davom etdi, deb yozmoqda CNN Oq uy vakiliga tayanib.
Suhbat chog‘ida Bayden Vashington Ukraina atrofidagi keskinlikni diplomatik yo‘l bilan tartibga solishga ham, «boshqa ssenariylarga» ham tayyor ekanini aytgan.
AQSH prezidenti Ukrainaga bosqin yuz bergan taqdirda, Rossiya «zudlik bilan va og‘ir» oqibatlarga duch kelishini, mamlakatning jahon minbaridagi mavqeyiga putur yetishini ma’lum qildi, deyiladi Oq uy xabarida.
Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Bayden o‘rtasidagi suhbatning mohiyatini «muvozanatli va ishbilarmonlik» ruhida deb atadi. Putinning aytishicha, Rossiya yaqin orada AQSH va NATOning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha javoblariga rasman munosabat bildiradi. Suhbatda Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda, G‘arb unga qo‘llamoqchi bo‘lgan sanksiyalarni eslatib o‘tdi, lekin bunga alohida diqqat qaratmadi, deya qo‘shimcha qildi Ushakov.
Rossiya prezidentining yordamchisi AQSH Rossiyaning go‘yoki rejalashtirilayotgan agressiyasi atrofida «sun’iy ravishda jazava qo‘zg‘atayotganini», «ular ittifoqchilar bilan birgalikda Ukrainaning harbiy mushaklarini kuchaytirayotganini» ta’kidladi.
12 fevral kuni Baydendan avval Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ham telefon orqali gaplashgan. Ularning suhbati 1 soat-u 40 daqiqa davom etgan. Muzokaralar Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashuviga bag‘ishlangan. Muzokaralardan so‘ng Yelisey saroyi bergan bayonotda aytilishicha, Putinning gaplari Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishga tayyorligidan dalolat bermagan.
Bundan tashqari, 12 fevral kuni Putin Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan gaplashgan. Suhbatda Rossiya va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, shuningdek, AQSH va NATOning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha Rossiya bergan takliflarga munosabati muhokama qilingan.
11 fevral kuni AQSH Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rgani va «istalgan vaqtda» hujum boshlashi mumkinligini da’vo qildi. Rossiya Ukrainaga harbiy tajovuz qilish ehtimolini rad etmoqda.
Oxirgi 24 soat ichida 20 dan ortiq davlat o‘z fuqarolariga Ukraina hududini tark etishni yoki u yerga bormaslikni tavsiya qildi. AQSH o‘z diplomatlarining aksariyatini Ukrainadan olib chiqib ketganini, Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi esa mamlakatga parvozlarni to‘xtatganini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi