22:17 / 13.02.2022
1 088

Ilon Maskning kompaniyasi hayvonlarga shafqatsizlikda ayblandi

Foto: «Yesoreiter»
Ilon Maskning kompaniyasi hayvonlarga shafqatsizlikda ayblandi
Hayvonlarni himoya qiluvchilar Ilon Maskning «Neuralink» kompaniyasi ustidan arz qilishdi, deb xabar berdi «Yesoreiter».

«Mas’uliyatli tibbiyot uchun shifokorlar qo‘mitasi» (PCRM)ning Hayvonlar huquqlarini himoya qilish guruhi faollari «Neuralink»ni hayvonlar, xususan, maymunlarga nisbatan shafqatsizlikda ayblashdi. Ilon Maskning kompaniyasi ustidan shikoyat Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuborildi.

Norozilikka sabab inson miyasi stimulyatsiyasi uchun implantatsiya qilinishi rejalashtirilgan qurilma (chip) bilan bog‘liq. Chunki qurilma avvalo maymunlarda sinab ko‘rilyapti.

PCRM ma’lumotlariga ko‘ra, tadqiqot olib borilayotgan Kaliforniya universiteti «Neuralink»dan 23 ta sinovchi maymunning «miyasida invaziv va xavfli tajribalar» o‘tkazish uchun taxminan 1,4 million dollar olgan. Faollar, shuningdek, kompaniyani hayvonlarning bosh suyagiga metall plastinalar o‘rnatib, ularning miyasiga zarar yetkazish va veterinariya yordami ko‘rsatmaslikda ayblashdi.

«Neuralink» bilan birga, Kaliforniya universiteti ham AQSHning hayvonlarni himoya qilish qonunlarini buzuvchi sifatida ko‘rsatilgan.

O‘tgan yili Ilon Maskning startapi videoo‘yin o‘ynayotgan maymun roligini namoyish etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning kompaniyasi hayvonlarga shafqatsizlikda ayblandi