Foto: RIA Novosti
Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov bo‘lajak saylovlarda mamlakat prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi. Bu haqda Salam News nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 14 fevral kuni Turkmaniston demokratik partiyasining navbatdan tashqari IX s’ezdi bo‘lib o‘tgan.
«Kun tartibiga ko‘ra, Turkmaniston prezidenti lavozimiga Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Gurbanguliyevich Berdimuhamedovning nomzodi ilgari surildi. S’ezd qatnashchilari Serdar Berdimuhamedovning nutqini tingladi va uni qo‘llab-quvvatladi», — deyiladi xabarda.
Serdar Berdimuhamedov 1981 yilda tug‘ilgan. U Turkmaniston qishloq xo‘jalik universitetini bitirgan. 2008-2011 yillarda Rossiya TIV diplomatiya akademiyasida, 2011-2013 yillarda Jenevadagi xavfsizlik siyosati markazida tahsil olgan.
Serdar Berdimuhamedov 2018 yilda mamlakat tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan. 2020 yilda sanoat va qurilish vaziri lavozimini egallagan Serdar 2021 yil fevraldan buyon bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Turkmanistonda navbatdan tashqari prezident saylovi shu yilning 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda