Foto: Videodan kadr
Moskva viloyatidan olti yoshli sportchi qiz siltab ko‘tarish bo‘yicha mutlaq chempion bo‘ldi, deb xabar bermoqda 360tv.ru.
Kotelnikovoda yashaydigan 6 yoshli Nastya Speranskaya 20 kilogrammlik shtangani 25 marta ko‘tara oladi. Qizning o‘zi 21 kilogramm vaznga ega. O‘tgan yilning kuzida u siltab ko‘tarish bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi. Bunday kuch unga meros bo‘lib o‘tgan ko‘rinadi — Nastyaning otasi ham, onasi ham siltab ko‘tarish bo‘yicha Rossiya chempioni. Biroq qizchaning o‘zi kelajagini og‘ir atletika bilan bog‘lashni xohlamaydi.
Onasining aytishicha, avvaliga ular qizlarini raqsga berishdi, lekin qizga bu yoqmadi – qizcha u yerdan yengil atletikaga o‘tdi. Keyin taekvondoga, to‘rt yoshida esa og‘ir atletika bilan shug‘ullana boshladi. Sport zali ham uyning o‘zida — jihozlangan xona, murabbiy esa otasi.
Foto: Videodan kadr
Shifokorlar esa bunday erta yoshda og‘ir atletika bilan shug‘ullanishda ehtiyot bo‘lishni tavsiya qiladi.
Nastya ham hamma qatori mushuk, toshbaqa, kuchuklar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radigan quvnoq sog‘lom bola. Mashq qilmaganda, albatta.
«Siltab ko‘tarishda menga eng yoqadigan narsa bu natija emas, balki shtanga bilan o‘ynashdir. Menga uni irg‘itish yoqadi», — deydi qizning o‘zi.
Ammo jiddiy vaznga o‘tayotganda, ba’zida mashq qilishni xohlamasligini tan oladi.
«Ko‘z yoshlar ham bo‘lib turadi. Busiz qiyin, albatta. Ammo u hali ham shug‘ullanishda davom etmoqda. Chunki u o‘ziga ishongan va oldiga maqsad qo‘ygan qiz», — deydi uning otasi Sergey.
Ota-onasining yagona orzusi — qizini Olimpiya chempioni qilish. Ammo Nastyaning o‘zi kelajak uchun butunlay boshqacha rejalar tuzgan. U qo‘shiqchi, bloger yoki raqqosa bo‘lishni xohlaydi.
«Men murabbiy bo‘lishni ham istamayman. Chunki ularning oylik maoshlari kam. Bundan tashqari, bu ish menga yoqmaydi. Men bolalarni qiynashni xohlamayman. Xafa qilish qo‘limdan kelmaydi, shuning uchun ham bunday qilmoqchi emasman», — deb tan oladi Nastya.
Ota-onasi esa Nastya fikrini hali yana o‘zgartirishiga umid qilishyapti. Bunday ishbilarmon qizchani fikridan qaytarish qiyin bo‘lsa kerak. Nima bo‘lmasin, ota-onasi aytganidek, asosiysi — Nastyaning tanlovi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi