Foto: Fotolia
BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (UNEP) mutaxassislari insoniyat uchun asosiy tahdidlarni ma’lum qildi. Tegishli hisobot tashkilot saytida e’lon qilingan.
BMT insoniyat uchun eng asosiy xavflar qatoriga keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari va shovqin ifloslanishini kiritgan. Mutaxassislar ushbu hodisalarni tabiat va inson salomatligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblamoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘rmon yong‘inlari sabab daraxtlar issiqxona gazlarini yutuvchi o‘rniga ularning manbasiga aylanib qolishi mumkin, yong‘inlarning o‘zi suvning ifloslanishi va muzlarning erishiga olib keladi.
Shovqinning ifloslanishi, o‘z navbatida, surunkali asabiylikni yuzaga keltiradi va uyqu sifatiga ta’sir qiladi, bu esa yurak, ruhiy kasalliklarga va eshitish qobiliyatining yomonlashuviga olib keladi.
Mutaxassislar, shuningdek, ekotizimlarning sinxronlashmaganini tahdid qiluvchi hodisa sifatida tan olgan.
Avvalroq Daniyaning Berlingske nashri jurnalisti Lars Xenrik Ogor Yerdagi hayot uchun asosiy xavf deya supervulqonlarni atagandi. AQSH prezidenti Jo Bayden esa iqlimning o‘zgarishi — bu insoniyatning mavjudligiga tahdid ekanini ma’lum qilgan edi.
BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi 1972 yilda yaratilgan. Uning vazifalari global xalqaro miqyosda harakatlarni amalga oshirish hamda atrof-muhit va iqlimni muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlashdir.
Bundan oldin JSST 15 yil ichida birinchi marta havo sifati bo‘yicha tavsiyalarini kuchaytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Havo ifloslanishidan yiliga 7 million kishi vafot etadi — bu chekish oqibatidagi o‘lim darajasiga yaqindir. Kanada va Britaniya olimlari guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra esa iqlim o‘zgarishlari sabab Yer 500 yildan so‘ng yashash uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?