
Foto: TASS
Moody`s xalqaro agentligi G‘arbning Rossiyaga qarshi kiritadigan sanksiyalari oqibatlarini baholadi. Agentlik jazo choralari kuchli ta’sir qiladigan MDH mamlakatlarini sanab o‘tdi.
Qayd etilishicha, bu mamlakatlar uchun asosiy xatarlardan biri mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari miqdori kamayishi bo‘ladi.
Agentlik Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikistonni Rossiyaga qarshi kiritiladigan sanksiyalardan eng ko‘p jabrlanadigan mamlakatlar sifatida ko‘rsatgan.
Agarda sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini jiddiy tarzda sekinlashtirmasa, bu mamlakatlar uchun xatar unchalik yuqori bo‘lmasligi aytilgan.
G‘arb Ukrainaga hujum boshlangan taqdirda Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga tayyorlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar