Foto: AP Photo
Braziliyaning Petropolis shahrida (Rio-de-Janeyro shtatining tog‘li hududlari) kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki va suv toshqinlari qurbonlari soni 152 nafarga yetdi, ulardan 27 nafari voyaga yetmaganlar. Bu haqda qutqaruv xizmatlariga tayanib, Globo telekanali xabar berdi.
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan omon qolgan 24 kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, 165 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Qidiruv ishlariga 500 nafar qutqaruvchi, 200 nafar politsiyachi, shuningdek, harbiylar va ko‘ngillilar jalb qilingan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, fojiadan to‘rt kun o‘tib tirik qolganlarni topish imkoniyati 7 foizdan oshmaydi. 19 fevral, shanba kuni qidiruv ishlari shaharni qoplagan kuchli tuman va yog‘ingarchilik tufayli murakkablashdi.
Favqulodda vaziyatlar xizmatlari 190 ga yaqin yer ko‘chishi va 230 ta kichik falokatlar haqida ma’lumot olgan, shuningdek, 80 ta turar joy binosi shikastlangani, shundan kamida 54 tasi butunlay vayron bo‘lgani xabar qilingan.
15 fevral kuni kuni Petropolis shahar hokimiyati motam e’lon qildi va favqulodda holat joriy qildi. 18 fevralda esa Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru shaharga tashrif buyurdi va hududni tiklash uchun 2,2 milliard real (taxminan 430 million dollar) budjet mablag‘lari ajratilishini e’lon qildi.
Braziliyaning shimoliy, markaziy va janubi-sharqiy qismlarida yoz oylari (dekabr oyining oxiridan mart oyining oxirigacha) mo‘l-ko‘l yog‘ingarchilik mavsumi bo‘lib, har yili bu davrda kuchli yomg‘irlar takrorlanadi. Bunday yog‘ingarchilik Amazonning ekvatorial o‘rmonlaridan janubi-sharqiy yo‘nalishda Atlantika okeani tomon iliq, nam havo harakati natijasida yuzaga keladi. 2021 yilning noyabr oyida yomg‘irlar mavsumi boshlanganidan beri Baiya, Minas-Jerais, Rio-de-Janeyro va San-Paulu shtatlarida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
2011 yilning yanvar oyida kuchli yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan ko‘chki va suv toshqinlari natijasida Rio-de-Janeyroning tog‘li hududlarida 900 dan ortiq odam halok bo‘lgandi, 100 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan, 35 mingga yaqin aholi boshpanasiz qolgan. O‘sha fojia bo‘yicha tergov komissiyasining xulosa va tavsiyalari amalda hukumat tomonidan e’tiborga olinmagan, deya xabar beradi mahalliy OAV. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi